logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Karlo Anchelotti 40 yoshli Modrichning «Milan»dagi o'yinini baholadi

 2 NOYABR, 2025, 12:36

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 40 yoshli Luka Modrichning «Milan»dagi o'yinini yuqori baholadi.

Italiyalik mutaxassis xorvat yarim himoyachisini «Real»dagi hamkorlik davridan yaxshi taniydi. Ikkalasi ham o'tgan yozda «qirollik» klubini tark etgan edi.

«Modrichning muvaffaqiyatlari men uchun hech qanday ajablanarli emas. U “Real”da bironta mashg'ulotni ham o'tkazib yubormagan. Uning genietikasi a'lo, munosabati to'g'ri, tajribasi va xarakteri kuchli — bularning barchasi uni 40 yoshida ham dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo'lib qolishga imkon bermoqda. “Milan” uchun ajoyib transfer», — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Tuttosport nashri.

Yaqinda Luka Modrich A Seriya oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ