«Siti» – «Bornmut». Taxminiy tarkiblar bilan tanishing
2 NOYABR, 2025, 12:30
Bugun Angliya Premer-ligasi 10-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Bornmut" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan 21:30'da boshlanadigan o'yin taxminiy tarkiblari bilan tanishing:
Manchester Siti: Donnarumma, O'Rayli, Gvardiol, Diash, Abduqodir Husanov, Gonsales, Doku, Foden, Reynders, Silva, Xoland.
Bornmut: Petrovich, Tryuffer, Senesi, Diakite, Ximenes, Adams, Skott, Semeno, Klyuyvert, Taverner, Krupi.
Pep Gvardiola matbuot anjumanida Erling Xoland bo'lajak o'yinga tayyor bo'lishini ma'lum qildi. Rodri zaxiradan tushishi kutilmoqda. "Bornmut"da Evanilson mashg'ulotlarga qaytdi.
To'qqizinchi turda "Manchester Siti" "Aston Villa"ga yutqazdi (0:1), "Bornmut" "Nottingem Forest" ustidan g'alaba qozondi (2:0).
