logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Vlaxovich: «Taktikani murabbiy hal qiladi»

 2 NOYABR, 2025, 12:24

"Yuventus" Luchano Spalletti bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyingi dastlabki o'yinda "Kremoneze" mehmoni bo'ldi (2:1). Ushbu o'yindan so'ng turinliklar hujumchisi Dushan Vlaxovich o'z fikrlarini bildirdi.

2 va 68-daqiqalarda Filip Kostich va Andrea Kambyaso tomonidan kiritilgan gollar turinliklarga 3 ochko keltirdi. Mezbonlar safida 83-daqiqada Jeymi Vardi o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Ikkinchi bo'limda bizda noto'g'ri munosabat bo'ldi, deb aytmagan bo'lardim - gap ko'proq noto'g'ri harakatlarda. Hech qanday sababsiz juda chuqur mudofaaga o'tib ketdik. G'alaba qozonish juda muhim edi. Taktikaga kelsak, buni murabbiy hal qiladi - men hamma narsaga tayyorman", - deya Vlaxovichning so'zlarini keltiradi Italiya OAV.

Luchano Spalletti klubda avvalroq ishdan bo'shatilgan Igor Tudorning o'rnini egalladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ