Potter: «Ben jamoa uchun juda ko'p individual ish qildi»
8 DEKABR, 2022, 14:52
«Chelsi» bosh murabbiyi Grem Potter jarohat olgan himoyachi Ben Chilluelning tiklanish jarayoni haqida gapirdi.
«Ben jamoa uchun juda ko'p individual ish qildi. Hozir u qolgan yigitlar bilan yaqinroq ishlamoqda, ammo baribir jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashmayapti», - dedi Potter «Chelsi» rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Chilluel ushbu mavsum Premer-ligada bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu mavsum Benning «ko'klar» uchun uchinchi mavsumi bo'ladi. Avvalroq, ingliz futbolchisi klub bilan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan edi.