logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

WTA Finals. Iga Svyontek raqibasiga uchtagina geym berdi

 2 NOYABR, 2025, 10:00

Dunyoning ikkinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek Ar-Riyodda start olgan Yakuniy WTA turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.

Polshalik tennischi SHteffi Graf guruhining ilk uchrashuvida amerikalik Medison Kizni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/2. Iga tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 6:2.  

Oltmish bir daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Kiz 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar amerikalikda ko'proq bo'ldi - 7 ga 3. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'oliba tomonida bo'ldi - 5 ga 1. Bu g'alabadan keyin Svyontek guruhda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ