Mareska Kaysedoni e'tirof etdi
2 NOYABR, 2025, 10:00
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng yarim himoyachi Moyzes Kaysedoni maqtadi.
"Ko'klar" "shporlar" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
34-daqiqada 24 yoshli ekvadorlik futbolchi Joao Pedroga golli uzatma berdi, uning goli o'yindagi yagona gol bo'lib qoldi.
"Kaysedo yana o'zining qanchalik yaxshi ekanligini ko'rsatdi. U eng yaxshi o'yinchi. Uning eng yaxshi fazilati - bu kamtarligi.
U ajoyib yigit, har doim hammaga yordam berishga tayyor. U va Rodri dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilari", - deya Mareskaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Football London nashri.
