logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Saloh "Liverpul"ning mag'lubiyatlar seriyasi to'xtagani haqida gapirdi

 2 NOYABR, 2025, 09:12

"Liverpul" Angliya Premer-ligasida o'z maydonida "Aston Villa"ni mag'lub etib, uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdi (2:0).

Uch ochkoni "qizillar"ga Muhammad Saloh va Rayan Gravenberxning 45 va 58-daqiqalardagi aniq zarbalari keltirdi.

"APL va Chempionlar Ligasidagi ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so'ng g'alaba qozonish juda muhim edi. Muhim o'yinlar oldidan to'g'ri yo'lga qaytganimizdan xursandman.

Biz uchun bu murakkab mavsum - jamoada yangi a'zolar ko'p. Ularning barchasi juda yaxshi, lekin moslashish uchun vaqt talab etiladi. Biz bir-birimizga ko'nikishimiz kerak, kelajakda hammasi yaxshi bo'ladi," - dedi Saloh TNT Sports’ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Angliya chempionatida 4 ta o'yinda mag'lub bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ