logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Konte - durang haqida: "Bugun ba'zi g'alabalardan keyin his qilganimdan ko'ra ko'proq mamnunman"

 2 NOYABR, 2025, 09:06

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya doirasidagi "Komo"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda shiddatli o'yin. Bugun biz Evropa uslubidagi futbolni kuzatdik, unda hech bir jamoa darvoza oldida to'xtab qolmadi. Men ba'zi g'alabalardan ko'ra ko'proq mamnunman.

Ko'pchilik "Komo"ni nomi uchungina kichik jamoa deb hisoblaydi, ammo bu juda kuchli raqib. Esdan chiqarmaslik kerak, yaqinda ular "Yuventus"ni mag'lub etishdi. Birinchi bo'limda "Komo" kuchliroq edi, ikkinchi bo'limda esa biz yaxshiroq ko'rindik. Adolatli natija," - dedi Konte DAZN’ga bergan intervyusida.

"Napoli" 22 ochko bilan 1-o'rinda, "Komo" 17 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ