logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Mbappe dubldan keyin post joyladi

 2 NOYABR, 2025, 09:00

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasidagi "Valensiya"ga (4:0) qarshi o'yindagi g'alaba haqida fikr bildirdi.

26 yoshli futbolchi birinchi bo'limdayoq dubl qayd etgan bo'lsa, 79-daqiqada zaxiraga olindi. Uchrashuv boshlanishidan oldin frantsuz tomoshabinlarga yaqinda qo'lga kiritilgan "Oltin butsa"ni taqdim etdi, shuningdek, La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.

"Bernabeu"da bayram kechasi. Jamoa a'lo darajada ishladi. Shu zaylda davom etish kerak. Hala Madrid", - deb yozdi yulduz hujumchi o'yin yakunlanganidan ko'p o'tmay ijtimoiy tarmoqlarda.

Kilian Mbappe Ispaniya chempionati to'purarlari ro'yxatida 11 ta bahsda 13 ta gol urgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ