Emeri - "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Ba'zida biz ustunlik qildik"
2 NOYABR, 2025, 08:54
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining "Liverpul"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
Birmingemliklar "Enfild"da 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Biz kurashdik, ba'zida ustunlik qildik. Bizda vaziyatlar bo'ldi, jumladan, zarbalar ham. "Enfild"da so'nggi yarim soat davomida bo'lgani kabi hukmron futbolni ko'rsatish qiyin. Birinchi bo'lim oxiridagi gol "Liverpul" uchun juda muhim edi. Afsuski, imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ko'nikish va ijobiy kayfiyatni saqlab qolgan holda davom etish kerak," - dedi Emeri BBC bilan suhbatda.
Uchrashuv taqdirini Muhammad Saloh va Rayan Gravenberxning 45 va 58-daqiqalardagi aniq zarbalari hal qildi.
