logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:38
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Portugaliyalik jurnalist yana Ronalduni tanqid qildi

 8 DEKABR, 2022, 10:31

"Record Sports Daily" jurnalisti Flavio Mikel Silva Portugaliya terma jamoasining Shveytsariya ustidan qozonilgan g'alabasi (6:1) xususida o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Barcha shokda! Hech kim Portugaliyadan bunday natija kutmagandi. Shveytsariya Braziliyaga qarshi zo'r o'yin ko'rsatdi. Portugaliya yaqinda bo'lib o'tgan bahsda Shveytsariyani qiyinchilik bilan mag'lub etgandi. Gonsalu Ramushning hisobni ochuvchi goli mazkur o'yinning qiroli bo'ldi. Barcha xursand bo'ldi, chunk futbolchilar yaxlit jamoa sifatida harakat qilishdi. Faqat shaxsiy rekordlari ketidan quvlaydigan bir futbolchi bundan mustasno.

Portugaliya juda yaxshi o'ynadi, Ramush "xet-trik"ni rasmiylashtirdi, ammo u Pele davridan buyon JCh tarixida pley-off bosqichida bir o'yinda 3ta gol urgan eng yosh futbolchi bo'lganiga hech kim ahamiyat bermadi. Hamma Ronaldu haqida gapirmoqda. Endi qarang: Portugaliya terma jamoasining farqi shundaki, agar Ronaldu tarkibda bo'lsa, u yugurmaydi, himoyada ishtirok etmaydi, u qopga o'xshaydi, go'yoki boshqa jamoa safida o'ynayotgandek.

Portugaliya finalgacha etib boradimi? Men terma jamoamizning kechagidek katta ishtiyoq bilan o'ynaganini eslay olmayman. Ammo Portugaliya yomon o'ynab ham Evro-2016da g'alaba qozongandi. Kim biladi deysiz, ehtimol mazkur jahon chempionatida ham shunday tarix yana takrorlanar», — dedi Silva Sport24 muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik ushbu jurnalist Shveytsariyaga qarshi o'yindan oldin ham Krishtianuni keskin tanqid qilgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR