logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«PSJ» Bellingemga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi

 8 DEKABR, 2022, 10:03

«PSJ» prezidenti Nosir al-Xelayfiy jamoa Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Jud Bellingemga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.

«Bellingem borasida Angliyaga omad kulib boqdi. U jahon chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri. U uchun Qatardagi Mundial ilk JCh bo'lsa ham futbolchi o'zini xotirjam tutmoqda hamda o'ziga ishongan holda o'ynamoqda. Ajoyib.

Barcha Bellingemni qo'lga kiritishni istaydi. Men ham buni yashirmoqchi emasman. Agar uning transferi haqida gapirishni istasak, dastlab «Borussiya» bilan gaplashishimiz kerak», – dedi Al-Xelayfiy.

Ma'lumot o'rnida. Dortmundliklar Bellingemni qishda 150 million evroga sotishga tayyor. 19 yoshli futbolchi JCh-2022da 4ta o'yinda ishtirok etib, bir gol va bir assist muallifiga aylandi. Angliya chorak finalda Frantsiya bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR