UEFA top klublarga bosim qilgan
22 DEKABR, 2023, 17:06
Superliganing bosh direktori Bernd Rayxart UEFAning top klublarga tahdidi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Evropa Ittifoqi sudi UEFA bilan bahsda Superliga tarafini olgandi.
Bu qaror "Real" va "Barselona" boshlamoqchi bo'lgan loyihaga hayot bag'ishlaydi. Shu bilan birga, ko'plab gigantlar Superligaga qarshi chiqishga ulgurdi.
“Superliganing so'nggi loyihasi biz aloqada bo'lgan ko'plab klublarning hissasi evaziga amalga oshirildi.
Ammo ular tahdidlar tufayli omma oldida gapirishdan qo'rqishadi. Aslida loyihani ko'plab klublar qo'llab-quvvatlamoqda.
Shunchaki, ular 70 yildan beri monopoliyada, temir musht diktaturasida. Sozlamalarni o'zgartirishga to'g'ri keladi, bu normal holat, shunchaki ko'proq vaqt talab etiladi", — dedi Reyxart.