logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

The Guardian jurnalistlari 2023 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Ronaldu va Messi kuchli beshlikda ham yo'q

 22 DEKABR, 2023, 16:54

The Guardian jurnalistlari 2023 yil yakunlarini sarhisob qildi.

Britaniyalik jurnalistlar dunyoning eng yaxshi futbolchisini tanladi. Manbaga ko'ra, 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi Norvegiya terma jamoasi a'zosi va "shaharliklar" bilan treblni qo'lga kiritgan "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bo'ldi.

"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni “PSJ”da to'p tepayotgan frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe yakunladi.

O'zining sakkizinchi “Oltin to'p”ini qo'lga kiritgan argentinalik Lionel Messi reytingda bor-yo'g'i o'ninchi o'rinni egalladi.

Portugaliyalik to'purar Krishtianu Ronaldu 27-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR