Frank - "Tottenxem"ning antirekordi haqida: "Men hali bunday holatga duch kelmaganman"
2 NOYABR, 2025, 08:18
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Premer-ligada "Chelsi"ga (0:1) qarshi o'yinda jamoasining hujum chizig'idagi kuchsiz o'yinidan hafsalasi pir bo'ldi.
"Shporlar" bor-yo'g'i uch marta "ko'klar" darvozasiga zarba berishdi, xGning umumiy ko'rsatkichi esa atigi 0,05 ni tashkil etdi - bunday ma'lumotlarni yig'ish vaqtidagi APL doirasidagi klub antirekordi.
"Albatta, bu juda yoqimsiz. Ilgari hech qachon jamoalarim bir o'yinda bu qadar kam golli vaziyatlar yaratganini eslay olmayman. Vaziyatni to'g'rilashga harakat qilaman," - dedi Frank o'yindan keyingi intervyusida.
Uchrashuvdagi yagona gol 34-daqiqada Joao Pedro tomonidan "Tottenxem" darvozasiga kiritildi.
