logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Real" Gyulerni jarohat tufayli yo'qotdi

 2 NOYABR, 2025, 08:12

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler "Valensiya"ga qarshi o'yinda maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

20 yoshli futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va Kilian Mbappega assistentlik qildi, biroq ikkinchi bo'lim oldidan zaxiraga olindi. Jurnalist Gilermo Rayning ma'lum qilishicha, turkiyalik xavbek to'pig'idan engil jarohat olgan. Tanaffusga qadar "qaymoqranglilar" 3:0 hisobida oldinda borayotgandi, shuning uchun Xabi Alonso muhim futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qildi va uni zaxiraga oldi.

4 noyabr, seshanba kuni "Real" Chempionlar ligasi doirasida Angliyada "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. Ko'rinib turibdiki, Gyuler o'yinda ishtirok etishi mumkin, ammo tiklanish muddati haqida aniq ma'lumot yo'q.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ