logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"An-Nasr" ustozi: "Ba'zida Ronalduni o'zgartirib bo'lmaydi"

 2 NOYABR, 2025, 08:12

"An-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush "Al-Fayha"ga (2:1) qarshi o'yindan keyin Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Maydon egalari 40 yoshli superyulduzning dubli evaziga ustun keldi. Portugaliyalik hujumchining g'alaba goli 104-daqiqada penaltidan kiritildi.

"Krishtianu - ajoyib futbolchi, u o'z tanasini juda yaxshi biladi. U qachon dam olish kerakligini, qachon almashtirishni so'rash kerakligini tushunadi. Ba'zi hollarda uni o'zgartirib bo'lmaydi, chunki u Ronaldu. Uning maydonda bo'lishi juda muhim," - dedi Jezush o'yindan keyin OAV bilan suhbatda.

Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida ettita uchrashuvda sakkizta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ