logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Endrik joriy mavsumda ilk bor "Real" safida maydonga tushdi

 2 NOYABR, 2025, 08:06

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik joriy mavsumdagi debyutini noyabrgacha kutishiga to'g'ri keldi. 19 yoshli futbolchi shanba kuni La Ligada "Valensiya"ga qarshi o'yinning 79-daqiqasida Kilian Mbappe o'rniga maydonga tushdi, o'yinda tabloda "qaymoqranglilar" foydasiga 4:0 hisobi qayd etilgandi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda ilk bor maydonga tushdi, shuningdek, bu uning hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonso davridagi ilk o'yinidir.

Endrik o'zining oldingi o'yinini 18 may kuni Karlo Anchelotti boshchiligida o'tkazgan edi. Keyinchalik yosh hujumchi jarohat oldi va sentyabr oyida safga qaytdi.

Yanvar oyida Endrik ijara asosida Frantsiyaning "Lion" klubiga o'tishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ