logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

FIFA 16 ta hakam, 30 ta yordamchi hakam va 5 ta videoassistentlarni uylariga jo'natib yubordi

 8 DEKABR, 2022, 00:36

FIFA hakamlar qo'mitasi Qatarda qoladigan va turnirning hal qiluvchi o'yinlariga tayinlanishi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatini aniqladi. 16 nafar hakam, 30 nafar yordamchi va 5 nafar videoassistent uylariga yuborildi.

Xayrlashishga qaror qilinganlar orasida eronlik Aliriza Fag'ani va germaniyalik Daniel Zibert ham bor. Aynan ular Urugvay terma jamoasi ishtirokidagi ikkita o'yinda hakamlik qilishgan va Portugaliya (0:2) va Gana (2:0) bilan o'yinlar natijasiga ta'sir qiladigan xatolarga yo'l qo'ygan. Natijada Urugvay terma jamoasi JCh-2022da ishtirok etishni to'xtatdi. Bundan tashqari, Frantsiya Tunis bilan o'yin natijasi (0:1) va Antuan Grizmanning bekor qilingan goliga qarshi norozilik bildirishgani uchun yangi zelandiyalik Mettyu Konger JCh-2022ni tark etadi.

Fagani, Zibert va Kongerdan tashqari, Kris Bit (Avstraliya), Bakari Gassama (Gambiya), Slavko Vinchich (Sloveniya), Ishtvan Kovach (Rumiiniya), Ma Nin (Xitoy), Salima Mukansanga (Ruanda), Maget N'Diay (Senegal), Ektor Martines (Gonduras), Andres Matonte (Urugvay), Kevin Ortega (Peru), Djenni Sikazve (Zambiya), Mario Eskobar (Gvatemala), Yosimi Yamasita (Yaponiya) ham JChni tark etishadi.

Qatarda 20 nafar hakam, jumladan Danni Makkeli (Niderlandiya), Shimon Markiniak (Polsha), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Maykl Oliver, Antoni Teylor (ikkalasi Angliya), Daniele Orsato (Italiya), Klement Turpin, Stefani Frappart (ikkalasi Frantsiya) qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR