Shou: "Biz faol hujum qilganimizda jahon miqyosidagi o'yinimizni ko'rsatishga qodirmiz"
8 DEKABR, 2022, 00:27
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shou JCh-2022 nimchorak finalida Frantsiyaga qarshi o'yinda jamoa qanday taktikadan foydalanishini aytdi.
"O'ylaymanki, biz avvalgi uchrashuvlarda ko'rsatgan o'yinimizni hisobga olib, Frantsiya bilan o'yinda o'z futbolimizni ko'rsatishimiz kerak. Biz faol hujum qilganimizda jahon darajasidagi saviyani ko'rsata olamiz va shu yo'l bilan har qanday raqibning qarshiligini sindira olamiz", - dedi himoyachi Sky Sports bilan suhbatda.
11 dekabr kuni Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining chorak finalida Angliya va Frantsiya terma jamoalari to'qnash kelishadi. O'yin Al-Xaur shahridagi "Al-Bayt" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00.00da boshlanadi.