logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Vinisius: "Neymar mening kumirim edi, hozir esa akamdek bo'lib qolgan"

 7 DEKABR, 2022, 23:29

Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior Neymar bilan o'yin haqida gapirdi.

"Men doim Neymar bilan o'ynashni orzu qilganman. Faoliyatining boshidan beri uni kuzatib kelaman, u doim mening asosiy kumirim va namuna bo'lib kelgan. Uning qilgan ishini maydonda takrorlashga harakat qildim. Hozir u menga akamdek, undan ko'p maslahat olaman. Har bir o'yin oldidan u menga keraksiz stressdan xalos bo'lishga yordam beradi", - dedi Vinisius matbuot anjumanida.

Joriy jahon chempionatida Vinisius Junior bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Neymarda bitta gol va bitta golli uzatma bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR