logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Arsenal" "Latsio" etakchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

 7 DEKABR, 2022, 23:00

APLda peshqadamlik qilayotgan "Arsenal" mavsumning ikkinchi qismida tarkibini kuchaytirmoqchi.

Corriere della Sera nashri xabariga ko'ra, yanvar oyida "kanonirlar" "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni qo'lga kiritish uchun bor kuchlarini sarflaydi.

Qayd etilishicha, "Latsio" Milinkovich-Savichni sotishga qiziqishi mumkin, chunki uning amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

27 yoshli Sergey Milinkovich-Savich 2015 yilning yozidan buyon "Latsio" safida to'p surmoqda. Transfermarkt portali serbiyalik futbolchini 60 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR