logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Real» - La Ligada penalti tepish bo'yicha yaqqol peshqadam

 2 NOYABR, 2025, 02:30

"Real" joriy mavsum Ispaniya chempionatida eng ko'p penalti tepmoqda.

11-turda "Valensiya"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida madridliklar ikki marta nuqtadan zarba yo'lladi: Kilian Mbappe o'z urinishidan unumli foydalandi, Vinisius Junior esa gol ura olmadi.

La Ligada "Real" 11 o'yinda 6 marta penalti tepgan - eng ko'p.

So'nggi 40 mavsumda faqat "Barselona" - 1989/90 va "Barselona" - 2015/16 (8 martadan), shuningdek, "Barselona" - 1991/92 va "Real Sosedad" - 2020/21 (7 martadan) dastlabki 11 turda 11 metrdan ko'proq zarba bergan. Yana beshta jamoa turli mavsumlarda 6 tadan penalti tepgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ