logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Fergyuson ishongan "bolakaylar": ularning taqdiri nima kechdi?

 7 DEKABR, 2022, 18:13

Ser Aleks Fergyusonning talantlar tanlab olish borasida o'ziga xos qobiliyati bor edi. Ammo u 26 yillik muddat ichida "MYu" uchun doim ham to'g'ri qaror qabul qilmagan. Xususan, seleksiya doirasida ham. To'g'ri, Rayan Giggz, Devid Bekxem, Pol Skoulz kabi futbolchilar, aynan Fergyuson davrida "Manchester Yunayted" akademiyasidan etishib chiqdi va yulduzga aylandi. 2001 yilgi APLdagi g'alabadan keyin afsonaviy murabbiy bir nechta yosh yigitlarni akademiya safidan tanlab olgan. Quyida o'sha futbolchilarning taqdiri nima bo'lgani haqida gaplashamiz.

Kiran Richardson

Richardson hech qachon o'zini asosiy tarkib futbolchisiga aylantira olmagan. Ha, u 2002-2007 yillar mobaynida 81 marta "MYu" libosida maydonga tushgan. Ammo asosiyda emas. Keyinchalik yarim himoyachi doimiy o'yin amaliyoti izlab "Sanderlend"ga boradi. U erda yaxshi o'yin ko'rsatadi. Richardson so'nggi marta katta sahnada 2016 yili, "Kardiff Siti" safida ko'rinish bergan.

Darren Fletcher

Fletcherda o'zgacha narsani payqay olgan Fergyuson, uni asosiy jamoaga oladi. Ammo u oyog'idan qattiq jarohatlanadi. Unga suyak sinishi tashxisi qo'yiladi. Ammo bu narsa Fletcherning irodasini sindira olmadi. U tuzaldi va Fergyuson jamoasida yarim himoyaning asosiy vakiliga aylandi. Shotlandiyalik futbolchi "MYu" bilan jami 342 ta uchrashuv o'tkazib, 5 ta APL, 1 ta EChL kubogini qo'lga kirita oldi. Fletcher faoliyatining so'nggi yillarini "Vest Brom" va "Stok Siti"da o'tkazdi.

Pol Tirni

Tirni 2001-2002 yilgi mavsum so'ngida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga ega chiqqandi. Shunga qaramay, yosh futbolchi atigi bir marta "MYu"ning asosiy tarkibiga jalb etilgan xolos. 2005 yilda Tirni "MYu"dan ketadi. Shu bilan uning karerasi ham yakun topdi.

Jon O'Shi

O'Shi "Manchester Yunayted"dagi debyutini 1999 yilda o'tkazgan. Oradan ikki yil o'tib, u Fergyuson e'tiboriga tushadi. Irlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi keyingi 12 yil ichida mankunianliklarning qalqoni bo'ldi. U jami 393 ta bahsda maydon yuzini ko'rdi. O'Shi "MYu"dan ketganidan keyin ham 8 yil davomida, 2019 yilga qadar "Sanderlend" va "Riding" klublari sharafini himoya qilgan.

Lyuk Chaduik

Chaduik 2001 yilgi chempionlar tarkibida bor edi. Ammo yarim himoyachi hech qachon asosiy tarkibga kira olmagan. Uning 5 yillik "MYu"dagi faoliyati 39 ta uchrashuv bilan eslanadi. Chaduikning keyingi davrlari "Vest Xem" va "MK Dons" bilan kechdi. U 2016 yilda futboldan ketdi.

Maykl Styuart

Styuartning asosiy tarkibga kirishi muammo edi. Negaki, uning o'rni Roy Kin tomonidan egallanadi. Shu sabab, yarim himoyachi 1998-2005 yillar davomida "MYu"ning 8 ta o'yinida qatnasha oldi xolos. "Nottingem Forest" va "Xarts"dagi faoliyatidan keyin, shotlandiyalik futbolchi o'z uyiga qaytadi. U mahalliy, "Xibernian" jamoasiga borib qo'shilgan. Yarim himoyachi 2011 yilda "Charlton" bilan butsalarini devorga ildi. Styuart hozirda siyosat sohasida ishlaydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR