logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rafinya dunyoning eng kuchli futbolchisi nomini aytdi

 7 DEKABR, 2022, 18:02

"Barselona" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Rafinya Dias dunyoning eng yaxshi futbolchisi uning vatandoshi, "PSJ"da to'p surayotgan hujumchi Neymar ekanligini aytdi.

"Neymar - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U harakat qiladigan barcha jamoalar uni maydonda bo'lishini istashadi. Neymarni futboldan tashqari narsalarga ko'proq qiziqtirayotganini aytadiganlar futbol haqida hech narsani tushunishmaydi", - deya Rafinyaning so'zlaridan iqtibos keltiradi A Bola.

30 yoshli Neymar joriy mavsumda "PSJ" va Braziliya terma jamoasi safida barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR