logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. «Bavariya» «Bayer»ni ham ayab o'tirmadi

 2 NOYABR, 2025, 01:54

"Bavariya" o'z maydonida "Bayer"ni mag'lub etdi - 3:0.

Mezbonlar safida Serj Gnabri va Niko Jekson o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, yana bir golni mehmonlar himoyachisi Loik Bade o'z darvozasiga joylab qo'ydi.

"Bavariya" g'alabalar seriyasini uzaytirdi: jamoa 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlardagi 15 o'yinning barchasida g'alaba qozondi. Myunxenliklar 27 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Bayer" 17 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.

Keyingi turda "Bavariya" safarda "Union" mehmoni bo'lsa, "Bayer" o'z maydonida "Xaydenxaym"ni qabul qiladi.

Bundesliga. 9-tur
1 noyabr, shanba, 22:30
Bavariya - Bayer - 3:0
Gollar: Gnabri, 25 (1:0). Djekson, 31 (2:0). Bade, 44 - avtogol (3:0)
Bavariya: Noyer, Kim Min Dje, Ta, Bishof, Laymer (Boe, 75), Kimmix, Goretska, Rafael Gerreyru (Pavlovich, 79), Gnabri (Keyn, 59), Karl (Dias, 59), Djekson (Olise, 59)
Bayer: Flekken, Bade, Tapsoba, Kuansa, Andrix, Garsiya (Maza, 46), Belosyan (Ben Segir, 86), Artur, Echeverri (Xofmann, 56), Poku (Terre, 56), Shik (Kofane, 56)
Ogohlantirishlar: Goretska, 90 - Maza, 65

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ