logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu yana bir ko'rsatkichda Maradonaga etib oldi

 7 DEKABR, 2022, 17:48

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu jahon chempionatidagi o'yinlar soni bo'yicha argentinalik afsonaviy Diego Maradona bilan tenglashdi.

Kecha JCh-2022 1/8 finalining Shveytsariya termasiga qarshi o'yini (6:1) portugaliyalik uchun jahon chempionatlaridagi 21-o'yini bo'ldi.

Maradonadan tashqari bunday ko'rsatkichga avvalroq germaniyalik Uve Zeeler va polshalik Vladislav Jmud erishgan.

Jahon chempionatidagi o'yinlar soni bo'yicha rekord germaniyalik Lotar Matteusga tegishli (25).

Eslatib o'tamiz, portugaliyaliklar Qatardagi turnirning chorak finalida Marokash terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR