logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! Umar Adhamzoda "Paxtakor" futbolchisiga aylandi

 22 DEKABR, 2023, 11:24

25 yoshli futbolchi jamoamizga "Neftchi"dan transfer qilindi va "Sherlar" bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Umar keyinchalik "Lokomotiv" va "Istiqlol" klublarida o'ynadi. Superligada "Neftchi" safida 38 o'yinda maydonga tushib, 3 gol muallifi bo'lib, 8 bor jamoadoshlari gol urishi uchun uzatma bergan. 2023 yil u farg'onaliklar tarkibida jami 27 uchrashuvda 5 to'p kiritib, 3 golli uzatmani amalga oshirgan. 2024 yilgi mavsumdan boshlab Adhamzoda o'zi tarbiyalangan klub sharafini himoya qiladi.

"Paxtakor" bilan shartnoma imzolagandan so'ng Umar quyidagi fikrlarni aytib o'tdi:

"Qadrdon klubimga qaytganimdan xursandman. "Paxtakor"da futbol bilan shug'ullanishni boshlaganman va bir kun ushbu jamoa tarkibida o'ynashni orzu qilganman. Endi bunday imkoniyatga ega bo'lishimdan baxtiyorman. Jamoa libosi nimani anglatishini yaxshi bilaman. Muvaffaqiyatlar uchun bor kuchimni berishga intilaman" - dedi Umarzoda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR