logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:21
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Real" hujumchisi jarohat oldi

 22 DEKABR, 2023, 10:48

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo jarohat oldi.

Braziliyalik futbolchi "Alaves"ga qarshi bo'lib o'tgan va "Los-Blankos"ning minimal g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvning so'nggi daqiqalarida maydonni tark etdi. Rodrigoning ahvoli haqidagi savollarga bosh murabbiy Karlo Anchelotti javob berar ekan, gap futbolchining charchoqlari bilan bog'liqligini aytdi. Biroq Marca nashri xabariga ko'ra, forvard juma kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va jarohati og'irligini aniqlaydi.

"Real Madrid"ning navbatdagi o'yini 3 yanvar kuni bo'lib o'tadi - Madrid grandi o'z maydonida "Malorka"ni qabul qiladi.

Joriy mavsumda Rodrigo “Real” safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR