logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Arsenal"ning g'alabali seriyasi 9 ta o'yinga etdi

 1 NOYABR, 2025, 22:12

"Arsenal"ning barcha musobaqalardagi g'alabali seriyasi to'qqizta o'yinga etdi.

Premer-liganing 10-turida Mikel Arteta shogirdlari "Byornli"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Ularning oldingi g'alabalari: "Brayton" (2:0), "Kristal Pelas" (1:0), "Atletiko Madrid" (4:0), "Fulxem" (1:0), "Vest Xem" (2:0), "Olimpiakos" (2:0), "Nyukasl" (2:1) va "Port-Veyl" (2:0). To'plar farqi 18:1.

Londonliklar joriy mavsumda 15 ta o'yin o'tkazib, ularning 13 tasida g'alaba qozongan, avgust oxirida "Liverpul"ga yutqazgan, sentyabrda esa "Manchester Siti" bilan durang o'ynagan.

4 noyabr kuni "Arsenal" Chempionlar ligasi doirasida Praganing "Slaviya" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ