logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Flik: "El-Klasiko"da oyna ortida o'tirish yoqimsiz edi"

 1 NOYABR, 2025, 21:54

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik keyingi diskvalifikatsiyalarga yo'l qo'ymaslik uchun his-tuyg'ularini jilovlashga harakat qilishini aytdi.

Nemis murabbiyi 10-tur kuni "Real Madrid"ga qarshi o'yinni (1:2) stadionning yuqori qavatidagi tribunadan tomosha qildi. U "Jirona"ga (2:1) qarshi o'yinda hakamlar qaroridan noroziligi uchun qizil kartochka oldi.

"Bu murabbiy uchun to'g'ri joy emas. Oyna ortida o'tirish... yoqimsiz edi.

Har bir o'yinda zaxira o'rindig'ida bo'lish uchun futbolchilar kabi o'z ustimda ishlashim kerak. Men shuni qilmoqchiman", dedi Flik.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ