Shirer: "Hozirda "Liverpul"da ko'rayotganlarim menga yoqmayapti"
1 NOYABR, 2025, 20:48
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Alan Shirer "Liverpul"ning so'nggi natijalari haqida fikr bildirdi.
Arne Slot jamoasi barcha musobaqalardagi so'nggi etti o'yinda atigi bitta g'alaba qozondi.
"Bir tomondan, ular yaratgan seriya abadiy davom eta olmaydi, chunki hozirgi tarkib u qadar sifatli emas.
Hozirda "Liverpul"da ko'rayotganlarim menga yoqmayapti: ularga kurash etishmayapti va tartibsizlik bor", dedi Shirer.
