logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Qafas"da o'lishdan qo'rqmayman. Guskovning do'sti Tom Aspinallni tanqid qildi

 1 NOYABR, 2025, 19:16

Og'ir vaznda braziliyalik UFC jangchisi Valter Uoker Siril Gan bilan chempionlik jangi barbod bo'lgani uchun amaldagi divizion chempioni Tom Aspinallni tanqid qildi.

Gan britaniyalikning ko'ziga qo'lini suqib olganidan keyin Tom jangni davom ettirishdan bosh tortgandi.

"Tom og'ir vaznlilarni noqulay vaziyatga solib qo'ydi. CHunki biz katta va kuchli yigitlarmiz. Gan bir marta sening ko'zingga turtib yubordi, senga tiklanish uchun besh daqiqa vaqt berildi va sen jangdan chiqishga qaror qilding. Bu bilan biz og'ir vaznlilarni noqulay ahvolga solib qo'yding.

Nazarimda, biz zamonaviy dunyoda gladiatorlarni gavdalantiramiz. Iloji boricha harakat qilish kerak. Men oyog'imni sindirib oldim va nimadir noto'g'ri ekanligini his qildim, lekin oxirigacha kurashishda davom etdim. Bor kuchim bilan harakat qildim, chunki UFC’da ishlayotganimni bilaman va agar biror narsa noto'g'ri ketsa, ular operaciya uchun pul to'lab, menga g'amxo'rlik qilishlarini ham bilaman. Men qafasda o'lishdan qo'rqmayman, boz ustiga ko'ziga mil tortib, jangdan olib chiqqan yigit ham bor. U bizni yomon ko'rsatdi, chunki bazi yigitlar asosiy kardda tavakkal qilishmaydi", - deya Uokerning so'zlarini keltiradi InsideFighting.com.



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ