JCh-2022. Ronaldu offsaydda qolish bo'yicha etakchi
7 DEKABR, 2022, 12:06
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2022da ofsaydda qolib ketish bo'yicha etakchiga aylandi.
37 yoshli futbolchi JCh-2022 1/8 final doirasida Shveytsariyaga qarshi o'yinda (6:1) zaxiradan maydonga tushdi, biroq 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushganidan so'ng yana ofsaydga qolishga "muvaffaq" bo'ldi. Aynan Ronaldu 1/8 finalning barcha o'yinlari yakuniga ko'ra, ofsayd qolish bo'yicha (7 marta) "peshqadam" hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda JChni tark etgan Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata joylashgan - 5.
Krishtianu Ronaldu joriy jahon chempionatida bitta gol urgan. Chorak finalda Portugaliya Marokash bilan kuch sinashadi.