logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:04
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Setanta Sports» O'zbekistonda sport musobaqalarini translyatsiya qilish bo'yicha litsenziyani qo'lga kiritdi

 7 DEKABR, 2022, 12:01

Xalqaro sport musobaqalarini O'zbekistonda translyatsiya qilish bo'yicha huquqni "Setanta Sports" kompaniyasi qo'lga kiritdi.

Ushbu kompaniya ayni paytda Evropa va Osiyoning 15ta mamlakatida raqamli va kabel platformalari orqali translyatsiyalarni amalga oshirib keladi. "Setanta Sports" namoyish etayotgan musobaqalar orasida Angliya premer-ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, UFC, NBA, Formula-1 va boshqa sport turnirlari bor.

«O'zbekiston — ulkan va istiqbolli bozorlardan biri. Biz mahalliy teleuzatmani amalga oshiruvchi hamkorlar bilan bigalikda litsenziyani qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik. Jarayon ancha murakkab bo'ldi va uzoq vaqt davom etdi. Hozirgi paytda telekanallarimiz barcha platformalar orqali O'zbekiston aholisiga bepul qilib qo'yilgan. Uch oylik faoliyatimiz davomida o'zbekistonlik 500 ming muxlis "Setanta Sports"da ro'yxatdan o'tdi. Mazkur qisqa davr uchun bu juda yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Bu esa mazkur mamlakatda biz translyatsiya qilayotgan turnirlarga bo'lgan qiziqish yuqori ekanini ko'rsatadi», — dedi "Setanta Sports" tijorat direktori David Djaparidze.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR