logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Flik: "Yamal bilan gaplashib oldim"

 1 NOYABR, 2025, 18:24

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamal haqidagi savolga javob berdi.

"Ko'k-anorranglilar"ning 18 yoshli yulduzining o'yinlari so'nggi paytlarda ikkinchi darajaga tushib qoldi: matbuotda ko'proq futbolchi bilan bog'liq shov-shuvli voqealar, uning shaxsiy hayoti va joriy mavsumda tinchlik bermayotgan jarohati muhokama qilinmoqda.

"Men Lamin bilan gaplashdim. Ikkalamiz ham bir-birimizga nihoyatda to'g'ri munosabatda edik. Men uni doimo himoya qilaman va qo'llab-quvvatlayman. U hali juda yosh," - dedi Flik matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni "Barselona" La Liga doirasida "Elche"ga qarshi bahs olib boradi. Kataloniya grandi o'tgan turda "Santyago Bernabeu"da Madridning "Real" klubiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi (1:2).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ