logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Diego Simeone: "Kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz"

 1 NOYABR, 2025, 17:48

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Sevilya"ga qarshi o'yinga bag'ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Eslatib o'tamiz, La Liganing 11-tur uchrashuvi 1 noyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

"Bizga hamma formada bo'lishi kerak. Seshanba kuni yana o'ynaymiz, keyin noyabr va dekabr oylarida ketma-ket 9 ta o'yin o'tkazamiz. Biz ertangi kun haqida, kuchli, murakkab, butun maydon bo'ylab aql bovar qilmaydigan bosim uyushtiradigan raqib haqida o'ylayapmiz", - deya Simeonening so'zlarini keltiradi Into the Calderon portali.

Taktikadagi mumkin bo'lgan o'zgarishlar haqida gapirar ekan, Simeone quyidagilarni ta'kidladi:

"O'yin raqibning qanday harakat qilishiga qarab sizni turli joylashuvlarga olib kelishi mumkin. "Betis" bilan 4-3-3, 4-5-1 va 4-4-2 taktikalarida o'ynadik".

"Atletiko" 19 ochko bilan musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Sevilya" 13 ochko bilan 11-pog'onaga joylashgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ