logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Xayr, Bahrayn! Salom, Toshkent!

 1 NOYABR, 2025, 17:18

Bahraynda III Osiyo yoshlar o'yinlarining tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda Toshkent 2029 yil IV Osiyo yoshlar o'yinlarini qabul qilishi rasman e'lon qilindi.

Marosimda Sport vaziri o'rinbosari Shahrullo Mahmudov, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Rahimova, shuningdek, MOQ rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimiz nomidan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti, O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov O'yinlarning kelgusi mezboni sifatida rasmiylardan OOKning bayrog'ini qabul qilib oldi.




Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ