logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Pimblett o'zini UFC'ning yangi loyihasi deb hisoblamoqda

 7 DEKABR, 2022, 07:50

Peddi Pimblett o'zini UFC'ning yangi yulduzi deb hisoblamoqda.

Engil vaznda britaniyalik taniqli UFC jangchisi Peddi Pimblett (19-3) o'zini promoushenda tomoshabinlarni jalb qilish va pullik translyaciyalarni sotish bo'yicha yangi muvaffaqiyatli loyiha deb hisoblaydi.

"Odamlar men haqimda atrofida faqatgina xayp bor, UFC uni reklama qilyapti deb o'ylashadi. Aslida unday emas, men shunchaki eng yaxshi kontentni ko'rsataman va UFC bundan foydalanadi. Ko'p odamlar meni tomosha qiladi, men puli bor yangi "sigir"man. 

Jared bilan jangdan keyin odamlar quruq xayp haqida gapirishni to'xtatadilar, chunki men unga qarshi haqiqiy shou ko'rsataman. Men undan bir necha pog'ona yuqorida ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Hammasi shu!", - dedi Pimblett UFC YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Peddi Pimblett UFC'da uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Britaniyalik jangchi so'nggi bor 23 iyulda Jordan Levitt (9-2)ga qarshi oktagonga ko'tarilib, g'olib bo'lgan edi. Uning navbatdagi jangi 10 dekabr kuni Las-Vegasda Jared Gordon (18-5)ga qarshi bo'lib o'tadi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR