Ronalduning shaxsan o'zi bu xabarlarni rad etdi
7 DEKABR, 2022, 07:18
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan kelishib olgani haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.
"Yo'q, bu to'g'ri emas", - dedi Ronaldu Record nashriga.
Avvalroq OAV Saudiyaning «An-Nasr» klubi bilan kelishuv 1 yanvardan kuchga kirishi va ikki yarim mavsumga mo'ljallangani haqida xabar bergan edi. Shartnomaga ko'ra, Ronaldu yiliga 200 million evro million miqdorida maosh olishi ko'zda tutilgandi.