"PSJ" futbolchisi jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
1 NOYABR, 2025, 16:24
Braziliyalik himoyachi «PSJ» futbolchisi Lukas Beraldo klubni tark etmoqchi ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
«Men haqimda chiqqan yolg'on xabarlarni ko'rdim. Men “PSJ”da o'zimni juda baxtli his qilaman. Bu jamoa safida o'ynash va uning sharafini himoya qilish — shubhasiz, orzumning amalga oshishidir. Men to'liq diqqatimni jamlab, jamoadoshlarim bilan birgalikda maqsadlarimizga etish uchun bor kuchimni bermoqdaman», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq Beraldo jamoadagi rolidan norozi ekani va qishki transfer oynasida boshqa klubga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi Frantsiya Liga 1 musobaqasida ettita o'yinda ishtirok etib, bir gol urgan.
