Verner "Shtutgart" bilan teng o'yinni kutmoqda
1 NOYABR, 2025, 15:30
"RB Leyptsig" klubi bosh murabbiyi Ole Verner "Shtutgart"ga qarshi uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Turnir jadvalidagi qo'shnilarning uchrashuvi 1 noyabr kuni Bundesliganing 9-turi doirasida bo'lib o'tadi.
"Bu teng o'yin bo'ladi. Har ikkala jamoa ham hujumkor futbol namoyish etib, to'pni darvozaga kritishga intilishi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, biz va "Shtutgart" yaxshi himoyalanyapmiz. Bunday uchrashuvda mayda-chuyda narsalar ahamiyatga ega bo'ladi. Ikkala jamoa ham hozir yaxshi formada - bu haqiqiy etakchilar to'qnashuvi," - deya Vernerning so'zlarini keltiradi Onefootball.
"Biz uchun raqib bosimi ostida xatoga yo'l qo'ymaslik va to'g'ri echim topish muhim. 90 daqiqa davomida diqqatimizni jamlashimiz kerak," - deya qo'shimcha qildi murabbiy.
"RB Leyptsig" ochkolarini 19 taga etkazib, chempionatda uchinchi o'rinda bormoqda. "Shtutgart" hisobida 18 ochko va to'rtinchi o'rin bor.
