logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Mbappe "Real"dagi eng esda qolarli golini yodga oldi

 1 NOYABR, 2025, 15:00

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Los Blankos"dagi eng esda qolarli golini aytdi.

"Men so'nggi golimni tez-tez aytaman. Biroq, hozir "Real Madrid" safida "Santyago Bernabeu"dagi birinchi golimni ta'kidlab o'tmoqchiman. Biz "Betis"ga qarshi o'ynagan edik. O'sha paytda "Qirollik klubi"dagi faoliyatim boshlangan edi. Menda yaxshi xotiralar bor", - dedi frantsiyalik hujumchi Marca bilan suhbatda.

26 yoshli forvard 2024 yilning yozida "Real"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. La Liganing joriy mavsumida Kilian o'nta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ