La Liganing yana bir klubi qarama-qarshi "armiya"ga qo'shildi
21 DEKABR, 2023, 23:30
Evropa klublari Evropa sudining Superliga bo'yicha qaroriga bo'lgan munosabati yuzasidan bayonotlar berishni boshladi.
Qarorda UEFA monopolist bo'la olmasligi, shu bois Superligani yo'lga qo'yish mumkinligi aytilgan.
“Sevilya” Superligaga qarshi chiqqan so'nggi klubga aylandi. Andalusiya klubi o'z bayonotida jamoaning ushbu turnirda ishtirok etmasligini aytdi.
Avvalroq, “Manchester Yunayted”, “Atletiko” va “Bavariya” Superligaga qarshi chiqqan edi. Shubhasiz, bu ro'yxat yanada kengayadi.