logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ernandes va "Bavariya" muzokaralarni davom ettiradi

 7 DEKABR, 2022, 00:40

"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes tez orada klubi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettiradi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

Futbolchining Qatardagi jahon chempionatida olgan jarohati nemis jamoasining frantsuz bilan mehnat shartnomasini uzaytirish qaroriga ta'sir qilmadi.

22 noyabr kuni himoyachi Avstraliya bilan JCh-2022 guruh bosqichining birinchi o'yinida (4:1) o'ng tizzasidan jarohat oldi va kamida olti oyga safdan chiqdi.

26 yoshli frantsuzning myunxenliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Ernandes Germaniya chempionatida 7 ta o'yin o'tkazdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR