"Tottenxem" - "Chelsi". Ikki jamoadagi yo'qotishlar va taxminiy tarkiblar
1 NOYABR, 2025, 13:30
"Tottenxem" APL 10-turi doirasida o'z maydonida "Chelsi"ni qabul qiladi.
Toshkent vaqti bilan 22:30'da start oladigan London derbisi uchun taxminiy tarkiblar bilan tanishing.
«Tottenxem»: Vikario, Spens, van de Ven, Danso, Porro, Bentankur, Palinya, Simons, Bergvall, Kudus, Kolo-Muani.
«Chelsi»: Sanches, Kukurelya, Chaloba, Fofana, Djeyms, Kaysedo, Fernandes, Bayno-Gittens, Joao Pedro, Netu, Djordj.
"Tottenxem" lazaretida Jeyms Meddison, Deyan Kulushevski, Ben Devis, Radu Dregushin, Dominik Solanke, Iv Bissuma, Archi Grey, Kota Takai bor.
"Chelsi" safida Levi Kolvill, Benua Badyashil, Dariu Essugo, Koul Palmer jarohat olgan, diskvalifikatsiya sabab o'yinni Liam Delap ham o'tkazib yuboradi.
