La Liga prezidenti Laportadan umid qilmoqda
21 DEKABR, 2023, 22:54
La Liga prezidenti Xaver Tebas Superliga loyihasini to'xtatishga harakat qilmoqda.
Relevo nashri bergan xabarlarga ko'ra, Tebas bu borada "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan suhbatlashmoqchi, chunki aynan Laporta bu ishda yordam berishi mumkin bo'lgan yagona inson sifatida ko'rilmoqda.
Avvalroq, Evropa sudi UEFA va FIFAni monopoliyada ayblab, Superliga loyihasiga ruxsat bergandi.