logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Og'ir atletikachilarimiz Erondagi xalqaro turnirga jo'nab ketdi, murabbiy - Ruslan Nurudinov!

 1 NOYABR, 2025, 12:32

Sportchilarimiz navbatdagi xalqaro turnir - 1st Military Weightlifting Challenge'da qatnashadi.

1–6 noyabr kunlari Eronning Babolsar shahrida og'ir atletika bo'yicha xarbiylar o'rtasida 1st Military Weightlifting Challenge musobaqasi o'tkaziladi. Unda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bellashuvlar yakkalik va jamoaviy yo'nalishlarida o'tadi.

Tarkibimiz bilan tanishing:

 • 60 kg — Asilbek Yusupov

 • 65 kg — Diyorbek Odilov

 • 71 kg — Husinboy Matrasulov

 • 79 kg — Abdulaziz Alimjonov

 • 88 kg — Bekzod G'ofirjonov

 • 94 kg — Qobiljon Aliev

 • 110 kg — Ruslan Rahmatjonov

 • +110 kg — Omadillo Olimov.

Og'ir atletika federaciyasining malum qilishicha, mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasini Jahon chempionati va Olimpiya o'yinlari g'olibi Ruslan Nurudinov murabbiy sifatida boshqarib boradi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ