logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Gvardiola: "Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida hissiyotlarsiz qanday o'ynash mumkin?"

 21 DEKABR, 2023, 22:30

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali oldidan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi o'z hissiyotlarini qanday bosishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Buni qanday qilamiz? Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida hissiyotlarsiz qanday o'ynash mumkin? Tuyg'ular mavjud, barchasi ular bilan qanday munosabatda bo'lishingizga bog'liq. Bu o'yin xotiramizda uzoq vaqt saqlanib qoladi", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Manchester Siti"ning raqibi klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "Fluminense" bo'ladi. O'yin 22 dekabr, juma kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida “Manchester Siti” “Urava Reds”ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ