logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:04
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rokening "Barselona" ixtiyoriga qachon etib kelishi ma'lum bo'ldi

 21 DEKABR, 2023, 22:18

"Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke yanvar oyida kataloniyaliklar jamoasiga qo'shiladi.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Roke Braziliyada mavsum yakunlanganiga qaramay, hozirda "Barselona"ga borish niyatida emas. Manbaga ko'ra, 18 yoshli futbolchi Ispaniyaga Rojdestvo bayramidan so'ng darhol etib keladi va uni oilasi bilan nishonlamoqchi.

2023 yilda Roke barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Rokening xaridi "Barselona"ga 40 million evroga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR